Mahsulotlar

E-OFISIsh jarayonlarini boshqarish tizimi O'zOfficeO'zbek tilidagi ofis platformasi VaytFitFitnes ilovasi TekinWiFiHotspot va Wi‑Fi platformasi
O'zbekcha Русский English

«35 000 tashabbus» platformasida 45 mingdan ortiq g'oya to'plandi

«35 000 tashabbus» platformasida 45 mingdan ortiq g'oya to'plandi

MIMAX SOFTWARE GROUP Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi uchun «35 000 tashabbus» platformasini ishlab chiqdi.

Platforma Mustaqillikning 35 yilligi arafasida «35 yil. 35 000 tashabbus. Sizga bitta g'oya yetarli» shiori ostida ishga tushirildi. Unda daraxt ekishdan maktab qurishgacha bo'lgan ezgu g'oyalar to'plandi. Tashabbuslar «Yangi O'zbekiston bunyodkorlari» kitobiga muhrlanadi.

Maqsad 35 000 ta tashabbus edi — natijada platformada 45 907 ta g'oya jamlandi. Hozir tashabbus qabul qilish yakunlangan, yuborilgan g'oyalar ko'rib chiqilmoqda. Platforma: tashabbus.yito.uz.

Boshqa yangiliklar